"Chelsi" sardori yanvarda jamoani tark etishi mumkinligini ma'lum qildi

Tolibjon Qosimov
22 sen 2018, 20:33
"Chelsi" himoyachisi va asosiy sardori Gari Kexill qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkinligini ma'lum qildi.

"Yashirmayman, yanvarda klubni tark etishim mumkin. Bazida o'sish uchun oddiy bo'lmagan qarorlarni qabul qilishga to'g'ri keladi. O'ylashimcha, tez orada murabbiy bilan vaziyatni aniqlashtirib olamiz", - dedi Kexill.

Oldinroq, Kexillga "Galatasaroy" qiziqayotgani haqida xabar qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: dailymail.co.uk