"Chelsi" Ryudiger bilan shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirmoqchi

Alisher
25 avg 2021, 12:45
"Chelsi" himoyachi Antonio Ryudiger bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Tomonlar shartnomani 2024 yilga qadar uzaytirishni muhokama qilishmoqda. Amaldagi bitim 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi hali londonliklar safida qolish yoki qolmasligini belgilab olmadi. Vaziyatni PSJ va "Real" kuzatmoqda.

28 yoshli nemis "Chelsi"da 2017 yildan beri o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira