"Chelsi" "Real" xavbekini safiga qo'shib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2024, 16:20
"Ko'klar" Federiko Valverde borasida muzokaralar olib boradi.

Angliyaning "Chelsi"  klubi Ispaniyaning "Real" jamoasi yarim himoyachisi Federiko Valverdeni xarid qilmoqchi, deya xabar berdi "Futbol de Inglaterra".



Xabar qilinishicha, "ko'klar" 25 yoshli urugvaylik futbolchi uchun muzokaralar o'tkazadi, biroq klub prezidenti Florentino Peres avvalroq Valverde sotilmasligini aytgan edi. Bundan tashqari, yarim himoyachi bo'lajak "Real" loyihasining yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Federiko Valverde joriy mavsum "qaymoqranglilar" tarkibida 36 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Futbol de Inglaterra