

Endi "Stemford Brij"da uning o'rniga yangi murabbiy topish jarayoni boshlandi va bu borada muayyan tamoyillar belgilab olingan.
"The Telegraph"ning xabar berishicha, "Chelsi" Yurgen Klopp yoki Zinedin Zidan kabi katta nomlar ortidan quvish niyatida emas. Bu mutaxassislar APLda ishlashi mumkinligi haqida birinchi yirik iste'fodan keyin tez-tez tilga olinmoqda.
Shu bilan birga, "nafaqaxo'rlar" Mareska o'rniga mavsum oxirigacha vaqtinchalik echim emas, balki to'liq va uzoq muddatli almashtirishni izlamoqda. "Strasbur" bosh murabbiyi Liam Rosenor "Chelsi"ga kelishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri sifatida qaralmoqda, ammo klub short-listida ismlari oshkor etilmagan yana bir necha mutaxassislar ham bor.



