“Chelsi” rahbariyati Nagelsmann variantiga shubha bilan qaramoqda

Khoja
4 apr 2023, 10:10
Avvalroq, “Chelsi”ning yangi murabbiyiga asosiy nomzod sifatida ko'rilayotgan Yulian Nagelsmannga klub rahbariyati shubha bilan qaramoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, London klubi rahbariyati germaniyalikning yosh ekanligi uchun nomzoddan voz kechishlari mumkinligi haqida aytilmoqda. Shuningdek, “Ko'klar” bosh murabbiyligiga Luis Enrike va Maurisio Pochettino nomzodlari ham ko'rib chiqilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 2 aprel kuni “Chelsi” Grem Potterni klub bosh murabbiyligidan bo'shatgan edi. Mutaxassis 2022 yilning sentyabrida London klubini qabul qilib olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru