"Chelsi" posboni klub bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi

22 may 2019, 21:20
"Aristokratlar"ning ikkinchi raqamli darvozaboni Villi Kabalero jamoa bilan keyingi mavsumda ham harakat qiladigan bo'ldi.

"Chelsi"ning asosiy tarkibida tushmayotgan bo'lsa-da, 37 yoshli argentinalik londonliklar bilan birga bo'lishidan xursand ekanligini yashirib o'tirmadi. 

"Chelsi" bilan shartnomani uzaytirganimdan juda xursandman. Umid qilamanki, keyingi mavsumdan rohatlanamiz va ko'plab maqsadlarga erishamiz. Men uchun "Chelsi'dek katta klubda qolish juda ham oson qaror", - deydi Kabalero

O'xshash yangiliklar


Manba: goal.com