

Bunga futbolchi o'tgan hafta dam olish kunlari klubdagilarni ogohlantirmasdan Barselonaga borib kelgani sabab sifatida keltirilmoqda.
Avvalroq, futbolchi "El Klasiko"ni stadiondan tomosha qilgani, final hushtagidan keyin esa "Barsa" kiyinish xonasiga kirib, sobiq jamoadoshlarini tabriklagani xabar qilingandi.
"Chelsi" rahbariyatiga Obameyangning bunday harakatlari maqul kelmagan. Endi klub 33 yoshli futbolchi bilan hamkorlikni to'xtatish haqida jiddiy bosh qotirmoqda.



