"Chelsi", "Milan", "Tottenxem" va "Borussiya" MYU darvozaboni Xendersonga qiziqmoqda

Alisher
21 may 2021, 11:28
Darvozabon Din Xenderson yozda "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin.

24 yoshli darvozabon asosiy darvozabon bo'lmoqchi, shu sabab klub David De Xeaning foydasiga qaror chiqarsa, u ketmoqchi.

Xenderson uchun da'vogarlar orasida "Chelsi", "Milan", "Borussiya" (Dortmund) va "Tottenxem" klublari bor.

MYU hali kim asosiy darvozabon bo'lishini hal qilmadi, ammo yaqin ikki haftada Xendersonning kelajagi muhokama qilinadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports