"Chelsi" Mauntga shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqchi

Alisher
5 may 2022, 13:55
"Chelsi" APLning bir necha klublari va "Real" qiziqishi fonida yarim himoyachi Meyson Maunt bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

23 yoshli futbolchi so'nggi yillarda "Chelsi"ning asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi va o'tgan mavsum jamoa bilan Chempionlar Ligasida g'olib bo'ldi.

Ammo, Mauntning London klubi bilan 2024 yilga qadar shartnomasi bor va "Manchester Siti", "Liverpul" va "Real" unga qiziqmoqda. "Chelsi" tez orada yangi kelishuv borasida muzokaralar boshlashni rejalashtirmoqda.

Maunt joriy mavsum APL doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 9ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Guardian