"Chelsi" - "Manchester Yunayted". Uchrashuvni boshqaradigan hakam ma'lum

Mirjalol Normatov
15 okt 2018, 20:56
Shanba kuni Angliya Premer-ligasining 9-turi doirasidagi markaziy bahs o'tkaziladi.

Unda "Chelsi" o'z maydonida "Manchester Yunayted" jamoasini qabul qiladi. APL matbuot xizmati ushbu bahsni boshqaradigan hakamlar brigadasini ma'lum qildi. Unga ko'ra, o'yinni Mayk Din boshqarib boradi.

U bu mavsumda "Chelsi"ning faqatgina bir o'yinini boshqardi. O'sha derbida "Chelsi" "Vest Xem" darvozasiga yo'l topa olmagandi.

Din bu mavsum "Yunayted"ning ham bir bahsida ishladi. Unda "qizil iblislar" "Uotford"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia