"Chelsi" Maduekeni o'z safiga qo'shib oldi

Aziz Tukhtamuradov
21 yanv 2023
"Chelsi" Noni Maduekening transferini rasmiylashtirdi.

Londonliklar PSVning 20 yoshli futbolchisini o'z saflariga qo'shib olishganini rasman e'lon qilishdi. 

Madueke "Chelsi" bilan 7,5 yillik shartnomaga imzo chekdi. Shartnomada bitimni yana bir yilga uzaytirish bandi ham bor. 

Avvalroq ingliz jamoasi futbolchi uchun 30 million funt to'lashi haqida xabarlar tarqalgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseafc.com