

"Chelsi" PSV klubi yosh qanot futbolchisi Noni Madueke transferiga yaqin. Klub ushbu haftada niderland klubiga yangi taklif jo'natdi, PSV klubi esa ushbu taklifni qabul qilgan. Bu haqida Eindhovens Dagblad jurnalisti Rik Elfrink xabar berdi.
"Chelsi"ning yakuniy taklifiga ko'ra, transfer summasi bonuslar bilan hisoblaganda 40 mln evroni tashkil qiladi.
Madueke joriy mavsum Niderlandiya chempionatida 5 bahsda qatnashib, bitta gol urdi. U “Kristal Pelas”, “Tottenxem” akademiyalarida tarbiyalangan.



