

Lukaku “ko'klar” prezidenti Roman Abramovichning short-listida “Borussiya D” a'zosi Erling Xolanddan so'ng 2-o'rinda turibdi.
“Chelsi” belgiyalikning transferiga 100 mln evrodan ko'proq mablag'ni sarflashga tayyor. U 2011-2014 yillarda “aristokratlar” sharafini himoya qilgan.
Shuningdek, “Man Siti” ham 27 yoshli hujumchiga qiziqish bildirmoqda.
Romelu Lukaku joriy mavsum A Seriyada 27 o'yinda qatnashib, 20+8 natijaga erishdi.



