

20 yoshli fransiyalik uchun "Chelsi" da'vogarlik qilmoqda. O'yinchiga shuningdek "Manchester Yunayted" ham befarq emas.
Fofana 2020/21 yilgi mavsum "Lester" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.
20 yoshli fransiyalik futbolchi joriy mavsumda maydonga tushmadi, u ayni damda jarohatidan tiklanmoqda.



