Rasman: "Chelsi" Kukurelyani "Brayton"dan 55+7 mln funt evaziga xarid qildi

Alisher
5 avg 2022, 16:34
Himoyachi Mark Kukurelya "Brayton"dan "Chelsi"ga o'tdi.

London klubi ispaniyalik chap qanot himoyachi bilan olti yillik shartnoma imzolanganini xabar qildi. 

"Chelsi" o'yinchi uchun 55+7 mln funt to'laydi.

"Barselona" tarbiyalanuvchisi o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com