“Chelsi” Kepaga A Ceriyadan o'rinbosar topdi

30 may 2020, 08:30
London klubi Kepadan qutulish niyatida.

“Chelsi” klubi “Milan” posboni Janluiji Donnarummaning xizmatlariga jiddiy qiziqib qoldi.

Qayd etilishicha, “Milan” Donnarumma uchun 70 mln evro talab qilmoqda. Ammo London klubi buning o'rniga jamoa posboni Kepani “Milan”ga berib, darvozabonlarni almashtirish variantini ko'rib chiqishni taklif qilgan. Hozircha Italiya klubi bunga javob bermagan.

Ma'lumot uchun, Donnarummaning “Milan” bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. Futbolchi joriy mavsum A Ceriyada 24 ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport