“Chelsi” Kanteni bir sabab bilan sotishga tayyor

19 iyun 2020, 08:17
London klubiga yosh nemis iqtidori kerak.

Qayd etilishicha, Ngolo Kantening “Chelsi” murabbiylar shtabi bilan aloqasi unchalik yaxshi emas. Kante hatto karantingacha klubdan ketish varianti haqida o'ylab qo'ygan.

“Chelsi” ham futbolchini sotishga tayyor. Londonliklar “Bayer”dan Kay Xavertcni sotib olish uchun Kanteni sotib yubormoqchi. “Aristokratlar” Kay uchun 90 mln funt atrofida mablag' sarflashni rejalashtirgan.

Eslatib o'tamiz, kecha “Chelsi” “Leyptsig” klubidan hujumchi Timo Vernerni 60 mln evro evaziga xarid qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Times