"Chelsi" Jiru bilan shartnomani uzaytirdi

21 may 2019, 20:00
Hujumchi Olive Jiru "Chelsi"dagi faoliyatini davom ettiradi.

Fransiyalik londonliklar bilan 2020 yil yoziga qadar shartnomasini uzaytirdi.

"Biz Olive "Chelsi"da yana bir mavsum o'ynashidan mamnunmiz. U 1,5 yildan beri klub sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri sabr qilish va imkoniyatlarni kutishga majbur bo'ldi. Lekin, u jamoaga kerakli o'yinchi ekanligini ko'rsata oldi. Umid qilamizki, Bokudagi finalda ham Jiru "Chelsi"ga foyda keltiradi", - deydi klub direktori Marina Granovskaya.

32 yoshli forvard joriy mavsum APLning 27 o'yinida 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: chelseafc.com