"Chelsi" Isko uchun 70 mln. funt bermoqchi

Aslanov Jasurbek
19 dek 2018, 14:03
"Chelsi" "Real" yarim himoyachisi Isko xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi futbolchi uchun 70 mln. funt (78 mln. evro) to'lashga tayyor. Agar kelishuv amalga oshsa, 26 yoshli futbolchi ingliz klubi safida haftasiga 280 ming evro ishlab topadi. Oldinroq Iskoga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.

Xavbek joriy mavsum "Real" safida LaLiganing 11ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta gol urdi va 2ta golli pas berdi. "Real" va xavbek o'rtasidagi bitim 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Uning shartnomasidagi tovon puli 700 mln. evro. "Qaymoqranglilar" Iskoni kamida 100 mln. evroga sotishni reja qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Express