"Chelsi" hujumchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2022, 11:03
Londonning "Chelsi" klubi matbuot xizmati albaniyalik hujumchi Armando Broya bilan kelishuv uzaytirilgani haqida xabar berdi.

Futbolchi va Angliya klubi o'rtasidagi yangi bitim 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.

20 yoshli Broya 2020 yildan buyon "Chelsi"da to'p tepib keladi. Umuman olganda, u klub uchun 4 ta o'yin o'tkazgan va samarali harakatlari bilan ajralib turmagan. "Vitess" va "Sautgempton"da ijarada o'ynagan. U Albaniya terma jamoasi safida 14 ta o'yin o'tkazib, 4 ta to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: chelseafc.com