"Chelsi" himoyachisi "Vest Xem"ga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024
"Bolg'achilar" Trevor Chalobaga qiziqish bildirmoqda.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, "Vest Xem" "Chelsi" himoyachisi Trevor Chalobaga qiziqmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, 25 yoshli Chalobaning transferi "bolg'achilar" Kurt Zuma bilan xayrlashgan taqdirdagina amalga oshadi.

Trevor Chaloba o'tgan mavsum "Chelsi" safida 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports