

21 yoshli futbolchi YCHL 3-turi doirasidagi "Milan"ga (3:0) qarshi o'yinda jarohat olgan va 37-daqiqada almashtirilgandi. Avvaliga ushbu jarohat unchalik jiddiy deb aytilmagandi. Biroq bu kutilganidan ko'ra jiddiyroq bo'lib chiqdi.
Fofananing tiklanishi 4-6 haftaga cho'zilishi mumkin. Eslatib o'tamiz, Fofana yozda 70+5 million evro evaziga "Lester"dan transfer qilingan.
Fofana ushbu mavsum APLning 4 o'yinida qatnashdi.



