"Chelsi" Gvardiol uchun 45 mln funt taklif qiladi

Sherzod Nurmatov
19 dek 2022, 15:55
London klubi Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiol qiziqishini hujjatlashtirish bilan band.

"Stemford Brij" egalari "RB Leyptsig" a'zosini qo'lga kiritish uchun o'zini ilk taklif bilan sinab ko'radi. Gvardiol Qatardagi Jahon chempionati yulduzlaridan biri bo'ldi va shu tufayli uning qiymati ancha oshdi. Nemis klubi markaziy himoyachi uchun katta to'lov so'rashi kutilmoqda. "Ko'klar" tezroq muzokaralarga kirishib futbolchini Angliyaga keltirishni istamoqda.

"Real" joriy mavsum so'ngida 20 yoshli futbolchi bilan gaplashib ko'rishini bildirdi. Bundesliga vakili Gvardiolni mavsum oxirigacha olib qolishni afzal ko'radi. Biroq ularga taklif qilingan raqamlar kutilgandek bo'lib chiqsa, yanvardayoq yosh iqtidor egasini yangi egalariga berib yubori mumkin.

Yoshko Gvardiol Osiyoda bo'lib o'tgan mundialda Xorvatiya bilan birga uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Marokashga qarshi kechgan o'yinda (2:1) u o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standart