“Chelsi” futbolchisi APLga qaytgan “Fulxem”ga o'tishi mumkin

10 avg 2020, 07:48
Gap Itan Ampadu haqida.

Transfer huquqi “Chelsi”ga tegishli bo'lgan uelslik 19 yoshli Itan Ampadu faoliyatini “Fulxem”da davom ettirishi mumkin. APLga qaytgan “Fulxem” futbolchini ijaraga olishni istamoqda. Ampadu 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida “Leyptsig”da o'tkazdi. U nemis klubi safida atigi 3 ta o'yinda maydonga tushdi.

Ma'lumot uchun, Ampadu “Chelsi”ga 2017 yilda “Ekseter Siti”dan ko'chib o'tgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic