"Chelsi" futbolchisi 4 haftaga safdan chiqdi

Sherzod Nurmatov
17 yanv 2023, 19:27
London klubida jarohatlar inqirozi yanada chuqurlashmoqda.

"Chelsi" murabbiyi Grem Potter "Fulxem"ga imkoniyat boy berilgan o'yinda jarohat olgan Denis Zakariyaning bir oy jamoasiga yordam bera olmasligini tasdiqladi. 

26 yoshli futbolchi payshanba kuni "Fulxem"ga qarshi o'yinning (1:2) 56-daqiqasida oqsoqlanib qoldi. Shveytsariyalik o'yinchi uchrashuvdan keyin jarohati darajasini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi. Kecha "Kristal Pelas" ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozonilgan o'yindan so'ng jamoa ustozi Zakariyaning holati haqida ma'lumot berdi: "Denis to'rt haftaga safdan chiqdi. Bu biz uchun zarba bo'ldi. Umid qilamizki, u tezda qaytadi".

Zakariya "ko'klar" uchun 7 ta o'yinda maydonga tushdi. Barchasi Potter qo'l ostida. U jamoa libosidagi yagona golini "Dinamo" Zagreb (2:1) darvozasiga urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun