“Chelsi” futbolchilari tanaffusdan keyin yana safga qaytishdi

8 iyul 2013, 16:00
“Chelsi” klubi futbolchilari va rahbariyati tanaffusdan keyin yana yig'inni boshlashdi, deb xabar beradi klub OAV.

Bugun klub Kobxemdagi bazasida portugaliyalik mutaxassis Joze Maurinyu boshchiligida birinchi mashg'ulotini o'tkazadi. Bugun tatildan qaytgan futbolchilar faqatgina bir marotaba mashg'ulot o'tkazishadi xolos.

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda “Chelsi” ispaniyalik mutaxassis Rafael Benites boshchiligida Angliya chempionatida 3-o'rinni egalladi va Yevropa Ligasi g'olibligini qo'lga kiritgandi.


Manba: championat.com