"Chelsi" "Everton"ga 25 mln. funtlik taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2017, 11:59
"Chelsi" o'z tarkibini "Everton" yarim himoyachisi Ross Barkli bilan kuchaytirmoqchi va Liverpuldagi klub vakillari bilan muzokaralarni boshlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, London klubi futbolchi uchun 25 mln. funt taklif qildi.

23 yoshli futbolchining "irislar" bilan kelishuvi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

Shu bilan birga, ko'klar "Lester Siti"ga yarim himoyachi Deniel Drinkuoter uchun uchinchi taklifni tayyorlashmoqda a transfer oynasi yopilguniga qadar "Suonsi Siti" hujumchisi Fernando Lorenteni xarid qilishga ishonishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph