“Chelsi” Enco Fernandesni sotish uchun so'nggi muddatni belgiladi. “Ko'klar” futbolchi uchun 120 mln funt so'ramoqda

Sherzod Nurmatov
13 avg 2026, 16:35
“Chelsi” yarim himoyachi Enco Fernandesni sotib olishga qiziqayotgan klublarga uni transfer qilish bo'yicha so'nggi muddatni ma'lum qildi.

Bu haqda “The Athletic” jurnalisti Devid Ornshteyn xabar berdi.

“Ko'klar” 25 yoshli argentinalik futbolchi bo'yicha takliflarni juma kuni, 14 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 gacha ko'rib chiqadi. Londonliklar yarim himoyachini 120 mln funt evaziga sotishga tayyor.

Takidlanishicha, Fernandesni safiga qo'shib olishga “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda va ular ham ushbu muddat haqida ogohlantirilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports