"Chelsi" darvozaboni Mendi "quruq" o'yinlar bo'yicha APL rekordini o'rnatdi

Alisher
5 mar 2021, 14:15
"Liverpul" o'z uyida APL 29-tur doirasida "Chelsi"ga minimal hisobda yutqazdi.

"Aristokratlar" darvozaboni Eduard Mendi esa Angliya chempionatidagi 12-"quruq" o'yinini o'tkazdi.

U jami 22ta o'yinda maydonga tushdi. Mendi APLda kamida 10ta o'yinda maydonga tushgan 210 darvozabon orasida o'yinlarning yarmidan ko'pida gol o'tkazib yubormagan yagona posbon bo'ldi.

"Chelsi" 27 turdan so'ng 47 ochko jamg'argan holda jadvalda 4-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe