"Chelsi" "Brayton" futbolchisini 50 million funtga sotib oladi

Mirjalol Normatov
4 avg 2022, 00:35
"Brayton" himoyachisi Mark Kukurelya yaqin vaqtlar ichida "Chelsi"ga o'tishi kutilmoqda.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, London klubi transfer uchun 50 million funt to'laydi. Oldinroq tomonlar og'zaki kelishib olishgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'tgan mavsumda Kukurelya APLning 35 o'yinida qatnashib, 1 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano