"Chelsi" bosh murabbiyligiga yana bir nomzod paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
20 may 2018, 15:45
"Chelsi" rahbariyati yangi bosh murabbiy izlashni davom ettirmoqda.

"Express" xabariga ko'ra, "aristokrat"lar "Monako" ustozi Leonardu Jardimni bosh murabbiy etib tayinlashmoqchi. Ma'lumotlarga qaraganda, Roman Abramovich mutaxassis bilan uchrashib olgan.

Oldinroq "Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada qolishni istayotgani borasida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express