Chelsi Aleksis Sanchesga haftasiga 300 ming funt maosh to'lamoqchi
Narzulla Saydullayev
19 yanv 2017, 20:00
Chelsi rahbariyati Diego Kostaning o'rniga boshqa futbolchi izlashni boshlab yuborgan.
"Aristokratlar" rahbariyati ayni paytda "Arsenal" futbolchisi Aleksis Sanches variantini ko'rib chiqmoqdalar. "Chelsi" 2018 yilda "kanonirlar" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi uchun haftasiga 300 ming funt to'lashga tayyor.