

18 yoshli futbolchi ketish oldidan “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirdi. Maunt o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Chelsi” akademiyasining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.
Shuningdek, Maunt Angliya yoshlar (U-19) terma jamoasi tarkibida Yevropa chempionatida muvaffaqiyatli to'p tepgan edi. Finalda inglizlar Portugaliya terma jamoasini mag'lub etishgandi.




