

22 yoshli portugaliyalik "Vilyarreal" futbolchisiga aylanishi kutilmoqda. Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, tomonlar himoyachining transferi borasida to'liq kelishib olgan.

Manbaga ko'ra, ispan klubi Veyga uchun 29,5 million evro to'laydi.
Veyga o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida "Yuventus"da o'tkazdi va u erda 13 o'yinda maydonga tushdi va faqat 1 ta golli pas uzatdi.



