

“Bu UEFA uchun hozircha faqat ekspriment. Biz bu tizimni amalda qo'llashimiz borasida hali hech narsa ma'lum emas. Kelajakda nima bo'lishi haqida aniq bir fikr bildirib bo'lmaydi, ammo hozirda ushbu tizimdan amalda foydalanish bizning rejalarimizga kirmaydi” dedi Cheferin.
FIFA bayrog'i ostida o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ushbu tizimdan ikki marta foydalanildi: penalti va o'yindan tashqari holatni qayd etish borasigi munozarali holatda hakamlar videoepizodni ko'rib chiqib, aniq qaror qabul qilishdi.



