"Charlton" va "Koventri" ishqibozlari norozilik sifatida maydonga cho'chqachalarni uloqtirishdi (foto)

Aslanov Jasurbek
16 okt 2016, 18:14
Angliyaning uchinchi darajali ligasining 12-tur bahslaridan o'rin olgan "Charlton" - "Koventri" bahsida muxlislar norozilik namoyishini o'tkazishdi.

Ikkala jamoa muxlislari klub o'z klublarining rahbariyatidan norozi. Bahs boshlanganidan so'ng ishqibozlar maydonga plastik cho'chqachalarni uloqtira boshlashdi. Ma'lumotlarga ko'ra, muxlislar 3 mingga yaqin o'yinchoqni maydonga uzatishgan.




Ikkala klub ham turnir jadvalining quyi qismida ketmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail