Chalxanoglu "Milan" bilan bitimni uzaytirish uchun shartlarini ma'lum qildi

Alisher
16 okt 2020, 18:47
"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu shartnomani uzaytirish shartlarini ma'lum qildi.

Xavbek yangi shartnoma imzolaganidan so'ng yiliga 6 million evro miqdorida maosh olishni xohlamoqda.

Chalxanogluning "Milan" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. "Rossonerilar" xavbekni yo'qotmoqchi emaslar va u bilan shartnomani uzaytirishmoqchi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 6ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia