Chalxanoglu: "Hakam Eriksson - o'yinning eng yaxshi futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 11:20
"Milan"ning turkiyalik yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu "Arsenal"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvida (1:3) ishlagan hakam Yunas Erikssonni tanqid qildi.

"Londonda "Arsenal"ga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdik. Biz gol urdik, keyin kutilmaganda darvozamizni ishg'ol qilishdi. Bu Yevropa ligasi uchun normal holat emas. Rodriges raqibga tegmagan edi, ammo hakam penalti belgiladi. Ushbu vaziyat o'yin taqdirini o'zgartirib yubordi. Bu futbol. Hakam Eriksson - o'yinning eng yaxshi futbolchisi. Hech qachon buni unutmayman" - deydi Chalxanoglu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia