Argentina – Shveytsariya uchrashuvini Yunas Eriksson boshqaradi

Narzulla Saydullayev
30 iyun 2014, 09:44
Seshanba oqshomidan o'rin olgan JCH-2014 doirasidagi nimchorak finalning ikki o'yinini boshqaradigan hakamlar guruhi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, Argentina – Shveytsariya uchrashuvini shvetsiyalik 40 yashar Yunas Eriksson boshqaradi. Yunas bunga qadar Gana – AQSH (1:2) va Kamerun – Braziliya (1:4) o'yinlarida ham hakamlik qilgandi.

Belgiya va AQSH terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqarish esa jazoirlik 43 yoshli Jamol Aymudiga ishonib topshirildi. Jamol bundan avval Avstraliya – Gollandiya (2:3) hamda Kosta-Rika – Angliya (0:0) uchrashuvlarida ham ishlagan edi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com