

Shveytsariyaning Bazel shahrida bo'lib o'tadigan final bellashuvini shvetsiyalik hakam Yunas Eriksson boshqarib boradi. Unga qanotlarda Matias Klasenius va Daniel Vernmark yordam berishsa, darvozalar ortida Stefan Yuxannesson hamda Markus Stremburgsson ko'maklashishadi. To'rtinchi hakam sifatida Mexmet Kulum ishlaydi.



