“Cementchi”ning sobiq futbolchilari “Yozyovon-Lochinlari” safida

Narzulla Saydullayev
25 iyul 2016, 12:40
Birinchi liga klublari ham ayni damda tayyorgarlikka zo'r bermoqda.
Xususan Farg'ona viloyatining ikki jamoasi “Cementchi” va “Yozyovon-Lochinlari” davralar oralig'ida o'z safini kuchaytirishga urinmoqda. Bungacha “Cementchi” sharafini himoya qilgan Dilshod Eminov bilan Alisher Fayzullaev ayni damda yozyovonliklar bilan birga shug'ullanmoqda. Shuningdek iqtidorli futbolchi Rustam Abduhamidov ham ikkinchi davrani ushbu jamoada o'tkazishga yaqin turibdi. Mahoratli o'yinchi Azizxon Ibragimov ham qo'qonliklar safini tark etgach, “Yozyovon-Lochinlari” yig'iniga qo'shildi.

Ushbu futbolchilar yaqinda Oltinko'lda “Andijon” yoshlar jamoasiga qarshi kechgan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Ibragimov mazkur bahsda gol ham urishga erishdi. Ammo ularning keyingi taqdiri hozircha noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia