
Unda Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi vakillari O'zbekiston, Tojikiston, Eron, Qirg'iziston, Turkmaniston va Afg'oniston ishtirok etadi. Musobaqaga Rossiya mehmon sifatida taklif qilinishi aytildi.
Olgan ma'lumotlarimiga ko'ra, CAFA Kubogining sakkizinchi ishtirokchisi Tailand terma jamoasi bo'lishi mumkin. Ushbu mamlakat futbol federatsiyasiga turnirda ishtirok etish uchun taklifnoma yuborilgan.
Turnir 12-20 iyun kunlari Toshkent va Bishkekda o'tkazilishi kutilmoqda. Jamoalar ikki guruhga bo'linadi va ularning g'oliblari finalda to'qnash kelishadi.