"CAFA Women’s Championship 2018" musobaqasi uchun akkreditatsiyadan o'tkazish jarayoni boshlandi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2018, 16:20
23 noyabr - 1 dekabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi (CAFA) tomonidan ayollar terma jamoalari o'rtasida "CAFA Women’s Championship 2018" musobaqasini o'tkazishi haqida avvalroq xabar berib o'tgandik.

Mazkur musobaqaga ommaviy axborot vositlari xodimlarini akkreditatsiyadan o'tkazish boshlanganini ma'lum qilamiz. Musobaqani bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV xodimlari 21 noyabrga qadar media@the-cafa.com elektron manziliga xat yuborishlari talab etiladi.

Eslatib o'tamiz, "CAFA Women’s Championship 2018" musobaqasida Qirg'iziston, Tojikiston, Afg'oniston, Eron va O'zbekiston ayollar terma jamoalari ishtirok etishadi. Barcha o'yinlar poytaxtimizdagi "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz