“CAFA U-15 championship”. O'zbekiston - Qirg'iziston 2:0

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2018, 21:43
Bugun “CAFA U-15 championship” musobaqasining uchinchi tur o'yinlariga start berildi.

 Toshkent Temiryo'llari Muhandislik Instituti maydonida O'zbekiston U-15  terma jamoasi Qirg'iziston U-15  termasiga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Terma jamoamiz tarkibida har ikki golga Oblayorbek Rahmatov mualliflik qildi.
 
Yana bir uchrashuvda Tojikiston U-15  terma jamoasi ham Turkmanistonni xuddi shunday hisobda taslim etdi. Bugun soat 21:00da Afg'oniston U-15  terma jamoasi Eron U-15  bilan kurash olib boradi.
 
“CAFA U-15 championship”
O'zbekiston U-15  - Qirg'iziston U-15  2:0
Gollar
: Oblayorbek Rahmatov (41,52)
O'zbekiston U-15 : Asrorbek Kenjaev, Vazgen Pogosyan, Kiril Todorov, Murod Xo'jamberdiev, Oblayorbek Rahmatov, Muhammadbobur Mo'ydinov, Asadbek Qahhorjonov, Po'latjon Jumaxonov, Jasur Ubaydullaev, Nodirbek Abdurazzoqov, Azizjon Toshkenboev.
Qirg'iziston U-15: R.Jaynbek, T.Baktibekov, B.Beyshebai o'g'li, A.Balbakov, A.Daniyarov, I.Tinibekov, A.Sharshenbekov, B.Ermekov, A.Jariljanov, A.Abilkasimov, A.Bulabaev.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz