

Unda OFK Prezidenti 2018 yil davomida qilingan ishlar bo'yicha ham to'xtalib o'tgan hamda hududiy assotsiatsiyalarni o'zining to'laqonli a'zosiga aylantirganini ma'lum qildi.
Yaqindagina shtab kvartirasi Toshkentdan Dushanbega ko'chgan CAFA ham endi OFKning to'laqonli assotsiatsiyasi sifatida qayd etildi. 2018 yil davomida CAFA musobaqalarni yuqori saviyada o'tkazganligi uchun maxsus statuetka bilan rag'batlantirdi. Uni tashkilot bosh kotibi Sanjar Rizaev qabul qilib oldi.




