

Farg'onada bo'lib o'tadigan hal qiluvchi o'yinda Toshkent viloyatining AGMK klubi Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bilan kuch sinashadi.
O'zbekiston kubogi finalini imkon qadar to'liqroq yoritish maqsadida "championat.asia" sayti xodimlari Shahboz Beg'amov hamda Jahongir Fayzullaevlar Farg'ona shahriga yetib borishdi. Ertaga esa yana ikki nafar xodimimiz Tolibjon Qosimov va Zoir Tursunboevlar ham vodiyga borishadi.





