CA TV: O'zbekiston Superkubogi. O'yindan keyingi fikrlar

Narzulla Saydullayev
7 mar 2014, 21:45
"Bunyodkor" klubi O'zbekiston Superkubogini qo'lga kiritganidan xabaringiz bor.
Uchrashuv tugagach muxbirlarimiz "Bunyodkor" bosh direktori Baxtiyor Boboev, hujumchi Oleksandr Pishur va yarim himoyachi Sardor Sobirxo'jaevning fikrlari bilan qiziqishdi. Quyida ushbu intervyularni TAS-IX hududida tomosha qiling.

sifatli turi

 
mobil turi


"Bugungi g'alaba orqali jamoamiz muxlislarga katta bayram tashkil qilib berdi. Birinchi sovrinni qo'lga kiritdik. Bu yil oldimizga qo'yilgan barcha maqsadlarga erishamiz deb o'ylayman. Asosiy maqsadimiz yoshlarni ko'proq o'ynatish. Sobirxo'jaev, Rahmatullaev, Rashidov va Jo'raevning kelajagi bor, o'sishdan to'xtab qolishmasin. Uchrashuvda legionerlar ham yaxshi o'yin namoyish etishdi. Bu esa selekciyada xato qilmaganimizni ko'rsatdi", - deydi Baxtiyor Boboev. 

"Men uchun oddiy bahs bo'ldi. Lekin "Lokomotiv" bilan o'yinlar doim qiyin va jiddiy bo'ladi. Bugungi uchrashuv ham keskin o'tdi", - deydi uchrashuvda hisobni ochgan Oleksandr Pishur.

"O'yin qiyin bo'ldi. Uchrashuv boshlanishiga 2 soat qolganida murabbiy boshlang'ich tarkibni e'lon qildi. Ochig'ini aytsam zaxiradan tushsam kerak deb o'ylagandim. Boshida biroz hayajon bo'ldi, yosh futbolchi uchun bu normal holat deb o'ylayman. Keyingi o'yinlarda yaxshiroq o'ynashga harakat qilaman", - deydi Sardor Sobirxo'jaev.
 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia