"Byornli" futbolchilari bolalarni qutqarib qolishdi (FOTO)

Aslanov Jasurbek
11 mar 2018, 14:29
"Vest Xem" hamda "Byornli" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 30-tur uchrashuvida londonlik muxlislar stadionda ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi.

"Byornli" futbolchilari 66-daqiqada hisobni ochishdi va shundan so'ng maydonga muxlis tushib ketdi, "Vest Xem" futbolchisi Mark Nobl esa ishqibozni hammaning ko'z o'ngida kaltakladi.

Buni ko'rgan muxlislar ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarishdi, "bolg'ali jangchilar" ishqibozlari maydonga tushib, klub rahbarlari o'tiradigan joyga yo'l olishdi va iste'fo talab qilishdi.


"Byornli" futbolchilari esa bolalar tiqilinchda qolib ketmasliklari uchun ularni zaxira o'rindig'iga o'tirg'izishdi.

"Vest Xem" - "Byornli" uchrashuvi 0:3 hisobida mehmonlarning g'alabasi bilan yakunlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com