"Buxoro"ning golsiz seriyasi 398 daqiqaga etdi

Narzulla Saydullayev
29 may 2019, 13:25
Superliganing 10-turida "Buxoro" Jizzaxda "So'g'diyona"ga 0:2 hisobida yutqazib qo'yganidan xabaringiz bor.

Shu tariqa, buxoroliklarning golsiz seriyasi davom etdi. So'nggi bor "Buxoro" 6-turda "Bunyodkor" bilan bahsning 52-daqiqasida gol urgan edi. Shundan keyingi to'rtta uchrashuvda jamoa raqib darvozasiga yo'l topa olmadi. Ayni paytga kelib golsiz seriya 398 daqiqaga etdi.

11-turda "Buxoro" o'z maydonida peshqadam "Paxtakor"ni qabul qiladi.

"Buxoro"ning so'nggi o'yinlari:
"Buxoro" - "Bunyodkor" 2:2 (38 daqiqa golsiz)
"Buxoro" - "Nasaf" 0:1 (90 daqiqa golsiz)
"Surxon" - "Buxoro" 1:0 (90)
"Buxoro" - "Dinamo" 0:0 (90)
"So'g'diyona" - "Buxoro" 2:0 (90)

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia