"Buxoro-W" qizlari Qozog'iston jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
26 dek 2024, 22:49
Bugun Buxorodagi "Umid" stadionida "Buxoro-W" jamoasining 17 yoshgacha bo'lgan jamoasi Qozog'istonning "SD Family" ayollar jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazdi.

Unda Yusuf Rajabov boshchiligidagi "Buxoro-W" jamoasi 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Bahsning 35-daqiqasida buxoroliklar vakilasi Samira Ro'zieva hisobni ochdi. 44-daqiqada "SD Family" futbolchisi Akerke Kanapiyaeva hisobni tenglashtirdi. Bahs yakuniga oz vaqt qolganida Zebuniso Hakimova "Buxoro-W" foydasiga hisobni o'zgartirdi va jamoasiga g'alaba keltirdi.

Uchrashuvdan rasmlar:


O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia